Hayotga sog'lom ko'zlar bilan nazar soling.

Biz haqimizda

Ko'z Nuriga Hush kelibsiz

Ko'z Nuri tibbiyot Klinikasi siz uchun.

«KO'Z NURI» klinikasiga 2014 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon shahrida asos solingan. Klinika birinchilardan bo'lib tumanda xalqaro standartlarga amal qilgan holda yetakchi texnologiya va metodikalarni qoʻllab yangi sifat darajadasidagi keng qamrovli oftalmologik xizmat turlarini aholiga taqdim etdi. Aholining sifatli tibbiy xizmatlarga ehtiyoji oshishi asnosida 2019 yilda Samarqand shahrida, 2021 yilda Toshkent va Qarshi shaharlarda klinikaning filiallari ochildi. Yangi tashkil etilgan klinikalarga Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi rivojlangan davlatlardan jahonning ilg'or tibbiy asbob uskunalari olib kelindi. Eng so'nggi texnologiyalar tufayli oftalmologlarimiz nafaqat ko'rish kamchiliklarini bartaraf etish, balki uni tiklashga yordam beradilar. Tashxis qo'yish va davolash uchun hamda eng murakkab operatsiyalar amalga oshirishga eng yaxshi uskunalar qo'llaniladi. Bugungi kunda klinikamizining asosiy oʻzagi zamonaviy texnologiyalar hamda malakali mutaxassislar sanaladi. Bizning xodimlarimiz Fransiya, Hindiston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirib kelishadi. Mutaxassislarimiz har bir bemorga alohida mehr bilan yondoshadi. . Bu natijalarga erishish uchun bizda malakali mutaxassislar, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining barcha zarur uskunalari mavjud. Undan tashqari, klinika daromadlarining asosiy qismi ilmiy-texnik bazani rivojlantirish va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish yoʻlida sarflanadi. Maqsadimiz bemorlarga shifo ulashish, diagnostika qilish va davolashda sifat darajasini koʻtarish, dunyoni o'z ko'zlarida yorqin ko'rishlariga sababchi bo'lish. «KO'Z NURI» klinikasi o'z mijozlariga nisbatan maxfiylik siyosatiga izchil va qat'iy amal qiladi. Bemor tomonidan taqdim etilgan har qanday ma'lumot, jumladan chet elda bemorni tekshirish va davolash natijasida olingan ma'lumotlarni maxfiy tutadi.

Tajriba yili

0

Tibbiyot mutaxasisslar

0

Tibbiyot mutaxasisslar

0

Baxtli Bemorlar

0

Bizning shifokorlarimiz

Bizning manzil